18 aprel – Xalqaro radio havaskorlar kuni
Ushbu norasmiy tadbir xalqaro hamjamiyat tomonidan yilning ushbu sanasida keng nishonlanadi.
Ushbu norasmiy tadbir xalqaro hamjamiyat tomonidan yilning ushbu sanasida keng nishonlanadi.
1925 yilning aynan ushbu kunida Fransiya poytaxti Parijda “Xalqaro radio havaskorlar ittifoqi” tuzilganiligi munosabati bilan ushbu sana yil taqvimiga “Xalqaro radio havaskorlar kuni” deb muhrlangan.
Shuningdek, ushbu sanada “Xalqaro yodgorliklar va tarixiy qadamjolar kuni”, Zimbabveda “Mustaqillik kuni”, Eronda “Armiya kuni”, Ukrainada “Tarixiy va madaniy yodgorliklar kuni” nishonlanadi.
18 aprel sanasining tarixga muhrlangan muhim voqealari
• 1906 yil. San-Fransiskoda AQSh tarixidagi eng kuchli zilzilalardan biri yuz berdi;
• 1923 yil. Misr konstitutsiyasi e’lon qilindi;
• 1949 yil. Irlandiya Britaniya ittifoqini tark etib, alohida respublika deb e’lon qilindi;
• 1961 yil. Diplomatik aloqalar bo‘yicha Vena konvensiyasi imzolandi;
• 2016 yil. “O‘zbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi tuzildi.