17 yoshli Mora jahon chempionati tarixidan joy oldi
Bu boradagi rekord hali ham Pelega tegishli.
JCH–2026 1/16 finalida Meksika milliy terma jamoasi Ekvador milliy terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda Meksika safida maydonga tushgan Gilberto Mora tarixiy natija qayd etdi.
17 yosh-u 259 kunlik Mora jahon chempionatlari tarixida pley-off bosqichi uchrashuvini asosiy tarkibda boshlagan eng yosh futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Bu boradagi rekord hali ham Pelega tegishli. U 1958-yilgi jahon chempionatida 17 yosh-u 239 kunligida Uelsga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlagan edi.
Meksika milliy terma jamoasi 1/8 finalda Angliya milliy terma jamoasi — Kongo DR milliy terma jamoasi juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Ekvador milliy terma jamoasi esa musobaqani tark etdi.