14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda (+video)
Harbiy libos kiyib, ko‘zlari chaqnab turgan bu bolajonlarning bugun quvonchi cheksiz. Aslida, vatanparvarlik tuyg‘usi inson ruhiyatiga, qalbiga bolalik chog‘idanoq jo bo‘ladi. Aynan shu yoshda olingan bilim va ta’surotlar natijasida bolajonlarda Vatanga daxldorlik hisi ortadi. Ezgulik, daxldorlik hisi singdirilgan, vatanga muhabbat ruhi bilan voyaga yetgan insondan yomonlik chiqmaydi. Poytaxtimizdagi 50-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ayni shu yo‘nalishda ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda qay bir bolajon bilan suhbatlashmang kelajakda askar bo‘lishni, Ona Vatanni himoya qilishi haqida jo‘shib gapiradi.
Shu kunlarda barcha joylarda bo‘lgani kabi muassasada ham 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Yoshlarni Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda albatta bu kabi tadbirlarning o‘rni alohida ahamiyatga ega. Bayramga bag‘ishlab bolajonlar tomonidan tayyorlangan “Men Vatanga sodiq posbon” nomli kompozitsiya ko‘pchilikda katta ta’surot qoldirdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/0JYL7JY5E1s?si=dGc8ijv0Or_rtATE" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov,
Ulug‘bek To‘xtayev,
O‘zA