132 ta quriliş taşkilotida isteʼmolçilar huquqlarini çeklovçi şartlar mavjudligi aniqlandi
Raqobat qömitasiga 2026-yilning ötgan 9 oyi davomida quriliş işlarining sifati va obʼektlarning öz vaqtida topşirilmayotgani yuzasidan isteʼmolçilardan 1 700dan ortiq şikoyatlar kelib tuşgan.
Murojaatlarni körib çiqiş natijasida isteʼmolçilar foydasiga qariyb 14,5 milliard sömlik mablağ qayta hisob-kitob qilinişi taʼminlandi.
Mazkur murojaatlar asosida turar joy qurilişida uluşli iştirok etiş böyiça 132 ta quruvçi taşkilotning şartnomalari tahlil qilindi.
Şartnomalar tahlillarida 30,3 foiz şartnoma davlat tilida emas, rus tilida tuzilgani, 49,2 foiz şartnomada isteʼmolçilar huquqlarini kamsituvçi boşqa kamçiliklar borligi aniqlandi.
Şuningdek, tahlillar davomida şartnomalarda isteʼmolçi taşabbusi bilan şartnoma bekor qilinganda tölangan mablağning 4–15 foizini uşlab qoliş, pulni xonadon qayta sotilgandan keyingina qaytariş, narxni bir tomonlama oşiriş va xaridorga nisbatan yuqori penya belgilaş kabi isteʼmolçi huquqlarini çeklovçi şartlar maʼlum böldi.
Qömita örganiş natijalaridan kelib çiqib, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli Instansiyalarga takliflar kiritdi.
N.Rahmonova,
ÖzA