Yosh kurashchilar bellashuvi
Respublika olimpiya zaxiralari kollejida erkin kurash bo‘yicha 1995-1997-yillarda tug‘ilgan kurashchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 200 nafarga yaqin sportchi to‘qqiz vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdi.
Respublika olimpiya zaxiralari kollejida erkin kurash bo‘yicha 1995-1997-yillarda tug‘ilgan kurashchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 200 nafarga yaqin sportchi to‘qqiz vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdi.Vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Respublika olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchilari Husan Mamayusupov, G‘ulom Abdullayev, Sherzod Shamsiddinov va samarqandlik Umid Hamroqulov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan bo‘lsa, 55 kilogrammgacha og‘irlikdagi polvonlar o‘rtasida poytaxtlik Hojiakbar O‘tkirov, Bobur Istamqulov, buxorolik Jahongirmirzo Turobov va Kamol Jalolov shohsupaga ko‘tarildi.
O‘z vazn toifasida andijonlik Temur Usmonoxunov, poytaxtlik Shoxruh Sapayev, Islomiddin Rahimov, Suhrob Mukarramov, navoiylik Bekzod Tohirov, Bahodir Arslonov, Hasan Rahimov oltin medalni qo‘lga kiritdi.