11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni
Qizlar – millat tayanchi
Yangi Namangan tumanidagi 86-umumta’lim maktabida “Qizlar – millat tayanchi” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qizlar salomatligini asrash, ularni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasidagi tizimli islohotlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.
[gallery-13968]
Mazkur maktabda ham iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, faolligini oshirish yo‘lida ibratli tajriba to‘plangan. Maskanda shu maqsadga xizmat qiluvchi turli to‘garaklar tashkil etilib, qizlarga kasb- hunar o‘rgatilmoqda.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Qizlar ijrosida dilbar kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA