10-sinf o‘quvchisi 189 ball to‘pladi
Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi O‘ktamjon Samandarov 4 ta fandan milliy sertifikatni qo‘lga kiritib, davlat imtihonlaridan olish mumkin bo‘lgan 189 ballni to‘pladi. Bu orqali u muddatidan oldin talaba bo‘lgan.


Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarga ko‘ra, O‘.Samandarov chet tili, tarix, o‘zbek tili va adabiyoti hamda matematika fanlaridan turli darajadagi milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.
Garchi u hali 10-sinf o‘quvchisi bo‘lsada, u qo‘lga kiritgan milliy sertifikatlar 3 yillik muddatda amal qiladi. O‘ktamjon 11-sinfni bitirgach, respublikamizdagi istalgan oliy ta’lim muassasasida o‘qishi mumkin.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri