1 sotix maydondan 2-3 millon daromad
Ayni paytda G‘uzor tumanidagi Gulshan mahallasi aholisi o‘z tomorqalarida ekin ekish ishlarini boshlab yubordi.
“TOMORQADA EKIN EKISH” OYLIGI
Ayni paytda G‘uzor tumanidagi Gulshan mahallasi aholisi o‘z tomorqalarida ekin ekish ishlarini boshlab yubordi.
– Mahallamizda 6068 nafar aholi istiqomat qiladi, – deydi yig‘in raisi Rahmat Abdullayev. – Oilalar soni esa 1295 ta. Barcha oilalar hovli uylarda yashagani bois, har birida eng kamida ikki-uch sotixdan tomorqa yeri bor. Avval hamma ham hovlisidagi yerdan unumli foydalanmasdi. Kimdir bunga qunt qilmagan bo‘lsa, kimdir shu bir parcha joydan qandaydir manfaat ko‘rish mumkinligiga ishonmagan, yana birov esa dehqonchilik ilmidan bexabar edi. Endi yerga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Chunki bundan eng avvalo odamlarning o‘zi manfaatdorlik sezayapti.
Shu mahallada istiqomat qiluvchi Zulfiya Sharopova hovlistdagi 3 sotix tomorqasida bahorgi ko‘katlar, sabzavot ekinlarini ekdi.
– Keksalarimiz “tomorqa – baraka, to‘kinlik manbai” degan gapni bekorga aytishmagan ekan, – deydi Z.Sharopova. – Kaftek yerdan qishu yoz daromad olamiz. Masalan, o‘tgan yili tomorqamizning 1 sotix maydonini issiqxonaga aylantirgandik. Bu yerga 10 tup limon ko‘chatini ekib, atrofida pomidor va bodring yetishtirishni yo‘lga qo‘ydik. Bultur kech kuzda ekilgan bodring va pomidor ko‘chatlari ayni vaqtda ilk hosilini bermoqda. Ekkan oshko‘ku sabzavotlardan 2-3 million so‘m daromad olishni mo‘ljallamoqdamiz.
Astoydil mehnat qilsangiz, yer ham sizni siylaydi, deganlari shu bo‘lsa kerak.
Astoydil mehnat qilsangiz, yer ham sizni siylaydi, deganlari shu bo‘lsa kerak.