Zominliklarning sardobaliklarga yordam karvoni
Jizzax viloyatining barcha tumanlarida Sardoba suv omborida suv toshqin tufayli jabrlanganlarga yordam koʻrsatish ishlari davom etayotir.
Jizzax viloyatining barcha tumanlarida Sardoba suv omborida suv toshqin tufayli jabrlanganlarga yordam koʻrsatish ishlari davom etayotir.
Kecha Zomin tumanidan talofatdan jabr koʻrgan sardobaliklarga 400 kilogramm goʻsht, 500 kilogramm guruch, 1 tonna un, 500 kilogramm makaron, 300 litr oʻsimlik yogʻi, 500 kilogramm piyoz va shunchadan kartoshka, sabzi, 1000 dona tuxum va 500 dona koʻrpa-toʻshak, 1 000 dan ortiq kiyim-kechak va 500 dan ortiq har xil turdagi idishlar joʻnatildi.
Bundan tashqari, dastlabki kuni Zomin tumaniga Sardoba tumanidan 553 ta oiladan iborat 3 mingdan ziyod aholi 450 ta xonadonga joylashishgan edi. Ularning bir qismi oʻz yashash hududlariga qaytib ketishdi, qolganlari shu yerda yashayotir. Bu yerda muassasalarda tashkil etilgan yotoqxonalarga, xonadonlarga joylashtirilgan sardobaliklarga tibbiy, ijtimoiy yordam koʻrsatilayotir.
Bir guruh koʻngillilar tomonidan telegramda “Zomindan Sardobaga yordam” kanali ochilib, sardobaliklar uchun yordam aksiyasi oʻtkazilmoqda. Bu xayrli ishga hissa qoʻshayotganlar safi kengayib borayotir.