Zelenskiy: Ukraina NATO darajasidagi qudratli armiyaga ega
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bayonot berishicha, Ukraina qudratli armiyaga ega, u NATO darajasidan past emas, amaliy tajriba orttirgan.
"Armiyamiz qudratli, biz armiyamizga to‘liq ishonamiz, ular yaqinda choqirilgan bolalar emas. Bu jiddiy armiya, agar biz NATO darajasidagi armiya haqida gapiradigan bo‘lsak, unda ular darajasidan kuchsiz emasligimiz aniq. Kamida NATO darajasidamiz, chunki armiyamiz amaliy tajribaga ega, askarlarimiz urush ko‘rgan, do‘stlarini dafn qilgan va mamlakatini himoyalagan, otishmalarda ishtirok etgan", - dedi Zelenskiy juma kuni xarijiy OAV vakillariga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, agar Rossiya bilan urush boshlansa, xalq harbiylar bilan bir bo‘lib mamlakatni himoya qiladi. "Bugun esa xalq mamlakat uchun, jasur va qo‘rqmas armiyamiz uchun ishlashi kerak", - deya qo‘shimcha qilgan prezident.
Ukraina rahbarining fikricha, agar Rossiya bilan katta urush boshlansa, u boshqa mamlakatlarni ham o‘z domiga tortadi. "Agar katta urush boshlanadigan bo‘lsa, bu urush nafaqat Ukraina bilan va nafaqat mamlakatimiz hududa bo‘ladi. Bu gibridli urush, axborot urushi, kiberhujumlar urushi bo‘ladi", - degan prezident.