Zelenskiy AQSH Kongressida so‘zlaydi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy chorshanba kuni videoaloqa vositasida AQSH Kongressi a’zolari qarshisida chiqish qilmoqchi, deyiladi “TASS” xabarida.
AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va Kongressning senatida ko‘pchilikni tashkil qiluvchi demokratlar yetakchisi Chak Shumerning qo‘shma bayonotida shu haqda ma’lumot berilgan.
Onlayn muloqotga AQSH qonunchilik organi ikki palatasining barcha a’zolari taklif qilingan. Pelosi va Shumer AQSH Kongressi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda sobitligiga ishonch bildirgan.