Zelenskiy AQSH delegatsiyasini Kiyevga taklif qildi
Qayd etilishicha, mazkur tashabbus Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini qayta tiklashga qaratilgan. Zelenskiyga ko‘ra, delegatsiya Kiyevdan keyin Moskvaga yo‘l olishi kerak.
Ekspertlar fikricha, bu format uch tomonlama muloqotni texnik guruhlar darajasida qayta yo‘lga qo‘yishning eng muqobil varianti hisoblanadi. Shu bilan birga, Ukraina tomoni Vashington jarayonda faol vositachilik qilishini istamoqda.
Mazkur taklif AQSH tomoniga onlay muloqot davomida yetkazilgan hamda dastlabki ijobiy signallar olingan. Ukraina rahbari so‘nggi ma’lumotlarga tayanib, frontdagi vaziyat oxirgi o‘n oy ichida eng yaxshi vaziyatga kelganini ham qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abu-Dabida AQSH, Uraina va RF o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tgani hamda tomonlar o‘zaro aloqa o‘rnatishidan boshqa aytarli natijaga erishmagani haqida xabar bergan edik.
D.Hakimov, O‘zA