Zamonaviy sivilizatsiyaning kasalliklari
Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Zamonaviy sivilizatsiyaning kasalliklari: fanlararo tadqiqotlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz hamda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarining yetakchi olimlari, tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Konferensiyada malakali kadrlarni tayyorlash hamda xalqaro aloqalarni kengaytirish soha rivojida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Yalpi majlisdan so‘ng anjuman ishi sho‘’balarga bo‘lingan holda davom etdi. Ilmiy yangiliklar soha mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi. Xorijlik mutaxassislar va yosh tadqiqotchilarning ma’ruzalari tinglandi.

«Zamonaviy sivilizatsiyaning kasalliklari: fanlararo tadqiqotlar» mavzusidagi mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya turli kasalliklarni zamonaviy davolash usullarini muhokama qilish, ilmiy yangiliklarni klinik tibbiyotga joriy etish, malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
O‘zA