Zamonaviy avtoulovlar topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, mamlakatimizning barcha hududlaridagi madaniyat va turizm bo‘limlarini maxsus avtomashina bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligida joylardagi vazirlikning hududiy bo‘limlariga avtoulovlarni tantanali tarzda topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Bahodir Ahmedov madaniyat va san’at ravnaqi davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi.

Joylardagi madaniyat va turizm bo‘limlarining zamonaviy avtoulovlar bilan ta’minlanishi ular faoliyatining samaradorligini oshirishda yangi imkoniyatlarni ochishga xizmat qilishi shubhasiz.
Tadbir davomida vazirlikning Madaniyat va turizm bo‘limlariga zamonaviy avtoulovlar kaliti topshirildi.
Nazokat Usmonova,
O‘zA