Yurtimizda yagona ma’naviy makon barpo etishning strategik yo‘nalishlari muhokama etildi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “O‘zbekistonda yagona ma’naviy makon barpo etishning strategik yo‘nalishlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbir “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Konferensiyada mamlakatimizda ma’naviy muhitni mustahkamlash, jamiyatda umumiy qadriyatlar makonini shakllantirish hamda aholining mafkuraviy immunitetini kuchaytirish masalalari ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilindi.
[gallery-28323]
Tadbirda professor-olimlar, soha mutaxassislari, tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etib, dolzarb mavzular yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Muhokamalar jarayonida ishtirokchilar mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, milliy qadriyatlarni asrash hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga oid qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ilgari surdi.
Konferensiya yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasiga kiritish belgilab olindi.
Mazkur konferensiya mamlakatimizda yagona ma’naviy makonni shakllantirish, milliy qadriyatlar va ma’rifiy taraqqiyotni mustahkamlash yo‘lida muhim ilmiy-amaliy platforma bo‘lib xizmat qildi.
N.Usmonova, A.Alijonov (surat), O‘zA muxbirlari