Yurt himoyasiga bel bog‘lagan alp yigit
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda xizmat burchini o‘tayotgan oddiy askar Dunyobek Toshtemirov turli nufuzli musobaqalarda jismoniy mahoratini namoyish etib kelayotgan alp yigitlardan.
[gallery-777]
Dunyobek yoshligidan aralash jang sport turi bilan shug‘ullanadi. Qator turnir, chempionatlarda mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. 2017 yil Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan MMA jang sport turi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari sportchilari o‘rtasida o‘tkazilgan kubokda faxrli 1-o‘rin, 2019 yilda Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan aralash jang sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 1-o‘rin, 2020 yil Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada esa “WGG World Gold Gladiator” kamarini qo‘lga kiritgan.
Tohir ISTATOV(surat), O‘zA