Yuridik kadrlarni tayyorlashda xalqaro standartlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi
Poytaxtimizda Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mutaxassislarni zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajribalar va innovatsion bilimlar bilan ta’minlash, ularning huquqiy madaniyatini xalqaro darajada yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda inson huquqlari sohasida kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish va tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashdi.


Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA