Yumshoq o‘yinchoqlar to‘quvchisi
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Beshbuloq mahallasida yashovchi hunarmand Munisa Mamatxonova yumshoq o‘yinchoqlar to‘qish bilan shug‘ullanadi.
U internetdagi videodarslar orqali mustaqil tarzda turli ko‘rinishdagi qo‘g‘irchoqlar, ertak qahramonlari, hayvonchalar, uychalar aks etgan 20 dan ortiq turdagi o‘yinchoqlarni to‘qishni o‘zlashtirgan. Hozirda 10 nafar shogirdi bor.
[gallery-505]
– Tayyorlagan o‘yinchoqlarimni mahalliy bozordan tashqari Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari bozorlariga ham chiqaraman, – deydi hunarmand Munisa Mamatxonova. – Turmush o‘rtog‘im Rossiya davlatiga yuk tashish bilan shug‘ullanganlari bois, ularning ko‘magi bilan u yerdagi buyurtmachilarga ham to‘qigan o‘yinchoqlarimdan jo‘natib turaman. Shuningdek, tumanimizdagi bog‘cha va maktablarga buyurtma asosida gafri qog‘ozlardan gullar yasayman.
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA