Yuldasheva Nazokat Nikolayevnaning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Aromatik karboksilat va geterotsiklik ligandlar asosida Cu(II), Co(II), Ni(II) va Zn(II) kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va biologik xususiyatlari” mavzusida
Yo‘ldasheva Nazokat Nikolayevnaning “Aromatik karboksilat va geterotsiklik ligandlar asosida Cu(II), Co(II), Ni(II) va Zn(II) kompleks birikmalarining sintezi, tuzilishi va biologik xususiyatlari” mavzusidagi 02.00.01-Noorganik kimyo ixtisoslikdan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 10-avgust kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43 uy.
Tel: (+99876) 221-74-55, faks: (+99876) 221-71-17)
e-mail: termizdu@umail.uz