Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot
Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan seminarlar tashkil etildi.
Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yer ajratish, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarni tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berildi. Seminar yakunlari bo‘yicha yoshlar yetakchilari uchun test sinovlari o‘tkazildi.


Qayd etish joiz, seminarning yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, bugungi kunda yoshlarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish, insonlarni ishontira olish va yoshlarga haqiqiy yo‘lboshchi bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berdi.
400 dan ortiq mahalla yoshlar yetakchilariga Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatining tegishli mas’ullari hamda bir qator loyiha koordinatorlari tomonidan motivatsion tadbirlar tashkil etildi.

Shuningdek, oromgohda tashkil etilgan sport musobaqalari va intellektual o‘yinlarda faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA