Yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi hamkor organlar tomonidan joylarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, festivallar o‘tkazilmoqda.
Buxoro viloyati Milliy gvardiya bo‘yicha boshqarmasi tomonidan ham “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
[gallery-21253]
Yoshlarni harbiy sohaga qiziqtirish, kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda xalq va armiya birdamligini yanada mustahkamlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida qo‘l jangi ustalarining jangovar harakatlari, harbiylar hamda kinologiya xizmati itlarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, yoshlar kamondan otish hamda ot sporti bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini amalda sinab ko‘rdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA