“Yoshlar tashabbuslari marafoni” bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida Yoshlar oyligi doirasida “Yoshlar tashabbuslari marafoni” tashkil etildi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan yoshlar ishtirok etgan tadbir o‘zini rivojlantirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish istagidagi yoshlar uchun o‘ziga xos imkoniyatlar maydoniga aylandi.
[gallery-30038]
Marafon doirasida tashkil etilgan 10 dan ortiq pavilonda tadbirkorlik va bandlik, kitobxonlik, iqtidor va iste’dod namoyishi, “Tashabbuskor qizlar”, “Biznes marafon”, harbiy-vatanparvarlik, sun’iy intellekt va startaplar, xorijiy tillar va TOP universitetlar, shuningdek, “Suvni birga asraymiz” kabi yo‘nalishlarda 30 dan ortiq loyiha va taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida yosh tadbirkorlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham namoyish etildi.
Marafon yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qildi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA