Yoshlar takliflari tinglandi
Yoshlar ijod saroyida "Yoshlar haftaligi" doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman sektor rahbarlari tomonidan yoshlarning fikr va mulohazalari, taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Ibrat farzandlari” hamda volontyorlik loyihalari bo‘yicha yoshlarning taqdimotlari namoyish qilindi.
O‘zaro ishonch va samimiyat asnosida o‘tgan muloqot davomida yoshlar yurt ravnaqi yo‘lida ilm olib, g‘ayrat va shijoat ko‘rsatishlarini bildirdi. Uchrashuvda 500 nafar yosh ishtirok etdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA