Yoshlar markazida yangi loyihalar ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahridagi Yoshlar markazida “Ibrat farzandlari” filiali, “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” markazi, Yosh fermerlar innovatsion maktabi, sport to‘garaklari, “Inklyuziv ta’lim” markazi hamda barcha turdagi zamonaviy kitoblarni o‘z ichiga olgan “Book cafye” rasman yangicha formatda o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur “Book cafye” endilikda 24/7 rejimida faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, markazda maktab o‘quvchilari, professional ta’lim va oliy ta’lim talabalari o‘rtasida “Erudit”, “Quiz”, “Breyn ring”, “Zakovat”, “Zukko kitobxon”, “Munozara” kabi tanlov va intellektual o‘yinlar va shaxmat ligalari doimiy tarzda o‘tkaziladi.
[gallery-14252]
Muassasa ochilishi munosabati bilan maktab o‘quvchilari, professional ta’lim va oliy ta’lim talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Chempionlar ligasi” o‘tkazildi. Mazkur loyiha va tanlovlar orqali yil davomida viloyatning 55 mingga yaqin yoshlarini qamrab olish ko‘zda tutilgan.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA