Yoshlar harbiy qismlar faoliyati bilan tinishdi
Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Zangiota tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning mamlakat taraqqiyotiga daxldorlik hissini oshirish hamda Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan islohotlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan tadbir avvalida o‘quvchilarga Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan bugungi islohotlar haqida ma’lumot berildi. Institutda kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, kutubxona va mavjud o‘quv moddiy bazalari bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, harbiy psixologlar ishtirokida mavzuga doir davra suhbati ham tashkil etildi.
Tadbir yakunida “Ochiq eshiklar kuni” ishtirokchilari tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar akademiyasida sirdaryolik yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar harbiy xizmatchilar va kursantlar bilan bevosita muloqotga kirishib, akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv sinflari va harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, Xayrobod garnizonidagi harbiy qismda Denov tumanida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA