Yoshlar bilan onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi
Payshanba – Yoshlar kuni
Prezidentimiz tomonidan Payshanba – Yoshlar kuni deb belgilab berilgach, joylardagi tadbir va uchrashuvlarda kelajak egalari - yoshlardan g‘oya va tashabbuslar bildirilyapti. O‘z muammo va masalalarini mutasaddilarga ochiq-oydin aytishmoqda.

Yozyovon tuman hokimi Dilshodjon Jalilov Yoshlar kuni munosabati bilan migratsiyada bo‘lgan ya’ni Germaniya, Xorvatiya, Koreya davlatlarida yashab, ishlayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qildi. Muloqot davomida yozyovonlik yoshlar chet ellarga ishchi vizasi bilan kelib, 2.5-3 ming dollor, ba’zan bundan ham ko‘proq mablag‘ topishayotganlarini bildirishib, tengdoshlariga til bilish va yaxshi kasb egasi bo‘lish xorijda qo‘l kelishini ta’kidlashdi. Shuningdek, ular o‘z taklif va murojaatlarini ham aytib o‘tishdi. Bildirilgan bu fikr, murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, javoblar qaytarildi.

Xorijdagi vatandoshlarimiz uchrashuv tashkil qilingani uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan Yozyovon tumanida ham bo‘sh ish o‘rinlari yamarkasi, harbiydan qaytgan yoshlar bilan uchrashuv, ,,Rahbar va yoshlar" muloqoti va boshqa qiziqarli, foydali tadbirlar doimiy ravishda bo‘lib o‘tayapti.
Azimjon Xudoyqulov,
Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmatining rahbari
O‘zA