Yosh taekvondochilar Sirdaryoda bellashmoqda
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan «Alpomish» sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligida ilk g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Musobaqaning ilk kunida kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlar hamda bir necha toifalarda pumse bahslari o‘tkazildi. Chempionatda Yahyoxon Burxonov, Bobur Yo‘ldoshev, Andrey Xam va Bekzod Mahmudbekov shohsupaga ko‘tarildi. Tamirbek Otabekov, Asadbek Abdurashidov, Sanjar Xayrullayev hamda Shohrux Umirzoqov o‘z toifalarida medallarga sazovor bo‘ldi.


17 noyabr kuniga qadar davom etadigan O‘zbekiston chempionatida Sahin Anvarov, Solih Ishaqov, Malika Ro‘ziyeva, Robiya Mirabzalova, Yelizaveta Li o‘z yo‘nalishlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA