Yosh shaxmatchilar bahsi
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” shaxmat taxtasi” an’anaviy respublika turnirining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” shaxmat taxtasi” an’anaviy respublika turnirining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar kengashi tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 110 nafar o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun dona surdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida Fozilahmad Ismatullayev, Muhammad Jalolov, Jaloliddin G‘aniyev, Mohir Nishonov, Farhod Tohirov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Zuhra Mannopova, Robiya Tojiyeva, Sarvinoz Qilicheva, Valeriya Karamchan, Madinabonu Abduqahhorova birinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar turnirning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.