Yosh qilichbozlar bellashdi
Poytaxtimizdagi “Qilichbozlik majmui”da 2003 va undan keyin tugʻilgan sportchilar oʻrtasida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan musobaqa oʻtkazildi.
Poytaxtimizdagi “Qilichbozlik majmui”da 2003 va undan keyin tugʻilgan sportchilar oʻrtasida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan musobaqa oʻtkazildi.
250 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan bellashuvda shamshir yoʻnalishida qoraqalpogʻistonlik sportchilar Gulbonu Yesemuratova va Fozilbek Genjeboyev shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy egalladi. Rapira yoʻnalishida andijonlik qilichbozlar Marjona Usmonova va Muhammadyusuf Asranovga teng keladigani topilmadi. Shpaga yoʻnalishidaSevara Rahimova (Toshkent) va Avezbek Naimov (Buxoro) tengdoshlaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor boʻldi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.


