Yosh kitobxonlar “Kitobxon kids”da bellashdi
Andijon shahridagi Yoshlar markazida “Kitobxon kids” loyihasi doirasidagi yosh kitobxonlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamda Bolalar tashkiloti tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur tanlovda uning quyi bosqichlarida g‘olib chiqqan yosh kitobxonlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Tanlovda 7-10 va 11-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar “Mutolaa” ilovasi orqali test hamda belgilangan topshiriqlarni yechish orqali o‘zlarining bilim, iqtidor va salohiyatlarini namoyish etdi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 7-10 yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida eng yuqori ball olgan Mubina Alisherova birinchi o‘rinni, Yosinbek Sobirjonov ikkinchi, hamda Xondamir Bo‘riboyev uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
[gallery-29076]
11-14 yosh toifasidagi ishtirokchilar o‘rtasida Behruzbek Rustambekov birinchi, Muhammadali Yusufjonov ikkinchi, Husnora To‘rayeva esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlari diplom, esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Qolgan barcha ishtirokchilar ham munosib rag‘batlantirildi.
F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari.