Yosh ilmiy tadqiqotchilar seminari
FOTOREPORTAJ
Buxoroda iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning “Yosh ilmiy tadqiqotchi” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
[gallery-22243]
Konferensiyani Buxoro davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Kamoliddin Samiyev kirish so‘zi bilan ochib, tadbir respublikamizning qator oliy ta’lim muassasalari vakillarini bir joyga jamlagani bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.
Anjumanda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar tomonidan “Siyosatshunoslik ta’lim yo‘nalishida Binar-dialogi integrativ ma’ruzalarni tashkil etish metodikasi”, “Xalqaro stipendiyalar va ularga ariza topshirish yo‘llari”, “Buxoro viloyati sharoitida bazali yer tekislagichning samaradorligini oshirish” kabi mavzularda qator ma’ruzalar o‘qildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA