Yosh bokschilarimiz Krasnodarga jo‘nab ketdi
Ertaga Rossiyaning Krasnodar shahrida boks bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan XII xalqaro turnir boshlanadi.
17-18 yoshli bokschilar o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro turnirda Asilbek Jalilov, Ibrohim Ishjonov, Madiyar Daniyarov, G‘ofurjon Tohirov, Azizbek Tojiyev va Ali Nuranov kabi yurtimizning iqtidorli yosh bokschilari o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
Mazkur xalqaro turnirda iste’dodli boks referesi Sherzod Ahmedov janglarni boshqarib borishda bevosita ishtirok etadi. Xalqaro turnir 19 sentyabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA