“Yormoq” konidagi yangi quduqdan gaz olindi
Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 3,8 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Shoʻrtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Yormoq” gazkondensat konidagi 8-sonli baholash-ishlatish qudugʻida burgʻulash ishlari tugatilib, 3034-3139m intervallar oraligʻida filtr tushirildi.
Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 3,8 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.
Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va gaz kollektoriga qoʻshish ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Yormoq” gazkondensat koni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida joylashgan boʻlib, 2019-yilda ishga tushirilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.