Yo‘llarda noqonuniy to‘siqlar o‘rnatish uchun javobgarlik belgilanadi (+video)
Qonun loyihasiga sharh
Mamlakatimizda yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, harakat ishtirokchilari uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Endilikda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi qonun qabul qilinish arafasida. Parlament quyi palatasida ko‘rib chiqilayotgan bu boradagi qonun loyihasi bilan trotuarlar, piyoda va velosiped yo‘laklari hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlarda avtotransport vositalarini yurgizishning oldini olishga qaratilgan normalar belgilanmoqda. Bundan maxsus avtotransport vositalari mustasno.
Shuningdek, aholi tomonidan yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlarni va boshqa qurilmalarni o‘rnatish holatlariga chek qo‘yish uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyorova loyihadagi normalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6qGp6qYt0KM" title="Yo‘llarda noqonuniy to‘siqlar o‘rnatish uchun javobgarlik belgilanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhtarama Komilova,
Doniyor Yoqubov, Anvar Ahmedov (video),
O‘zA