Yo‘llar ravon bo‘lsa, manzillar yaqindir
FOTOREPORTAJ
Joriy yilda Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida byudjet mablag‘lari hisobidan 15 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Shunga ko‘ra, o‘tgan oylarda tumandagi “Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod-Andijon” avtomobil yo‘lining bir qismi ta’mirlandi. Xuddi shunday, “Do‘stlik” MFY hududidan o‘tgan, shuningdek, “Qozoqovul-Qo‘g‘ay-Azimtuli”, “Qurama-Kattamog‘ol”, “Yangiyer-Qo‘g‘ay-Xaqulobod” avtomobil yo‘llarining ham ma’lum qismlarida ta’mirlash ishlari bajarildi.
[gallery-17725]
Hozirgi kungacha tumanda 8 km masofadagi avtomobil yo‘llari soz holatga keltirildi. Ayni paytda ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA