Yevropada bugun: savdo, sun’iy intellekt va geosiyosat diqqat markazida
Shu kunlarda Dubay dunyoning eng yirik global siyosiy-iqtisodiy maydonlaridan biriga aylangan. Bu shaharda 150 ga yaqin davlat vakili, 500 dan ziyod vazir jam bo‘lib, o‘zgarib borayotgan global sharoitga hukumatlar qanday moslashishi, savdo, sun’iy intellekt va geosiyosiy muammolarga qanday javob berishi kabi masalalarni muhokama qilmoqda.
Tadbirda Yevropa davlatlari yetakchilari va yirik biznes vakillari ham faol qatnashmoqda.
Ayni payt Belgiyada Italiyaning sobiq Bosh vaziri Mario Dragi ko‘hna qit’a yetakchilariga muhim signal berdi. Leuven universitetidagi nutqida u YeI davlatlarini “har xil tezlikdagi integratsiyadan” qo‘rqmaslikka chaqirdi. Uning fikricha, agar Yevropa global maydonda kuchliroq bo‘lishni istasa, moslashuvchan yondashuv usulini tanlashi zarur.
Fransiyada esa uzoq davom etgan siyosiy tortishuvdan so‘ng Bosh vazir Sebastyan Lekornyu 2026 yilgi byudjetni konstitutsiyaviy mexanizm orqali qabul qildirdi va ikki marta ishonchsizlik ta’qibidan omon chiqdi. Bu Parijda nisbiy siyosiy barqarorlikni tikladi.
Kun tartibidagi yana bir muhim mavzu — oltin va kumush qiymati keskin pasayishi. Narx tushayotganiga qaramay, Yevropada qimmatbaho metallarga talab yuqori darajada qolmoqda. Aholi ham, sarmoyadorlar ham tilla va kumushni faol xarid qilishda davom etyapti.
Musulmon Ziyo, O‘zA