Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar oromgohlarda bepul dam oladi
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga qaratilayotgan oqilona yondashuv natijasida aholining bunday qatlami qator imkoniyat va qulayliklarga ega bo‘lmoqda. Quvonarlisi shuki, bu kabi islohotlar izchil tarzda davom ettirilmoqda.
Endilikda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalar oromgohlarda bepul dam oladi. Yangi loyiha doirasida 7-14 yoshli 1295 nafar bola yozgi ta’tilni oromgohlarda o‘tkazadi. Ta’kidlanishicha, bunda barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.
Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar bolajonlarning kelajagiga ijobiy ta’sir qilmay qolmaydi. Islohotlardan ko‘zlanayotgan maqsad ham ayni shundan iborat.
Sherbek Islomov,
O‘zA