Yerni o‘zboshimchalik bilan egallashning hisobi so‘ralmoqda
Jizzax viloyatida yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prezidentimiz rahbarligida 2021 yilning 21 dekabr kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy sud raisining farmoyishi qabul qilindi va unga ko‘ra har bir viloyat uchun maxsus ishchi guruhi tuzildi.
[gallery-5377]
Mazkur farmoyish bilan tuzilgan ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida yig‘ilish o‘tkazilib, yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi mavjud muammolar aniqlandi. Ularning qonuniy yechimlarini topish yuzasidan tayyorlangan savolnoma bo‘yicha ish olib borilib, viloyat bo‘yicha turar va noturar joylarning ro‘yxati shakllantirildi. Ana shu ro‘yxat bo‘yicha mulk ob’ektlarining kadastr hujjatlari ma’lumotlar bazasiga kiritilmaganlarining soni aniqlandi.
Shu kabi masalalarni batafsil o‘rganish, natijalarini umumlashtirib, ularning qonuniy yechimlarini topish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA