Yer sayyorasida magnit bo‘roni boshlandi
Dushanba kuni ertalab Yer sayyorasida o‘rtacha G2 darajada magnit bo‘roni boshlandi, deb xabar tarqatdi Rossiya fanlar akademiyasining Quyosh fizikasi instituti rentgenli astronomiya laboratoriyasi sayti.
"Yerning magnitli sferasida hozir magnit bo‘roni boshlangan (past darajada G2)", – deyiladi sayt tarqatgan xabarda.
Bo‘ron yakshanba kuni Quyoshda kuchsiz chaqnash yuz bergandan bir kun o‘tib boshlangan.
Magnit bo‘ronlari klassifikatsiyasi bo‘yicha jami besh darajaga bo‘linadi, ya’ni G1 dan G5 gacha. Olimlarning ta’kidlashicha, kuchsiz bo‘ron elektrenergiyasi tizimida ba’zi uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin, shuningdek, qushlar va hayvonlarning migratsiya yo‘liga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yanada kuchliroq magnit bo‘ronlari qisqa to‘lqinli aloqalarni hamda navigatsiya tizimi faoliyatini ishdan chiqaradi. Qolaversa, u sanoat tarmoqlarida elektr ta’minotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, odatda magnit bo‘roniga sabab bo‘luvchi quyosh faolligining ortishi natijasida qutb yog‘dusi janubiy kengliklarda ko‘proq ko‘rinadigan bo‘ladi.