YeI Ukraina va Moldovaga nomzod maqomini berdi
23 iyun kuni Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari Ukraina va Moldovaga hamjamiyat a’zoligi uchun nomzod maqomini berishga qaror qildi. Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ma’lum etdi.
Ukraina va Moldova rahbarlarini qutlarkan, Mishel “Bugun sizning YeI sari boradigan yo‘lingizda hal qiluvchi qadam qo‘yildi. Bizning kelajagimiz birga!”, deya ta’kidladi.
Mishelning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa kengashi “Gruziyaning Yevropa yo‘lidagi istiqboli ochilganini e’tirof etadi, qolgan shartlar hal etilishi bilan ushbu davlatga ham nomzodlik huquqini berishga tayyor”.
YeI a’zoligiga nomzod maqomini olgandan keyin tayyorgarlik jarayoni boshlanadi. Ya’ni, Ukraina va Moldova qonunchiligi YeI qonunchiligiga yaqinlashtirilishi lozim. To‘liq a’zo bo‘lish uchun esa Yevropa komissiyasi talablarini bajarishi shart.
O‘zA