“Yashil makon” loyihasi – amalda
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligida bir guruh tashabbuskorlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shaharning Abdurauf Fitrat mahallasi hududiga turli xildagi daraxt va buta ko‘chatlarini ekdi.
Xayrli tadbirda dzyudo sport turi bo‘yicha ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi Sherzod Namozov, mahalla yettiligi, yoshlar faollik ko‘rsatdi.
[gallery-22016]
Ushbu tashabbus ekologik muvozanatni saqlash va atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, kelajak avlodlarga sog‘lom ekologik muhit yaratishga ham xizmat qiladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA