Yarmarkalar faoliyatidan xaridorlar mamnun
FOTOREPORTAJ
Yangi yil bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ham arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
[gallery-10153]
Bayram savdo yarmarkalarida 27 turdan ortiq kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari, bayram sovg‘alari aholiga maqbul narxlarda yetkazib berilmoqda. Savdo rastalari har kuni yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, salqin ichimliklar, go‘sht, guruch, umuman olganda, bayram dasturxoni uchun eng kerakli noz-ne’matlar bilan to‘ldirilmoqda.
Mahsulotlarning arzon narxlarda sotilayotganidan xaridorlar mamnun.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA