Yarmarka faoliyatidan xaridorlar mamnun
Yangi o‘quv yili tobora yaqinlashayotgan shu kunlarda Navoiy viloyatida tashkil etilgan maktab bozorlari ham xaridorlar bilan yanada gavjum.
Yangi o‘quv yili tobora yaqinlashayotgan shu kunlarda Navoiy viloyatida tashkil etilgan maktab bozorlari ham xaridorlar bilan yanada gavjum.
Navoiy shahar markaziy dehqon bozori hududida faoliyat yuritayotgan yarmarkada 70 ta savdo rastasi mavjud. Ularda 28 turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formasi savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlarning deyarli barchasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan bo‘lib, yuqori sifati va dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.


