Yarim yillik faoliyat sarhisob qilindi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va bo‘linmalari tomonidan 2022 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda kun tartibidagi masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, joriy yil 6 oyi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 10410 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish maqsadida 5 milliard 645 million 986 ming so‘m mablag‘ sarflandi.

– Bundan tashqari fond tomonidan 217 ta oilaga 37 million 163 ming so‘mlik moddiy yordam berildi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari Adilbay Saparov. – Shundan kam ta’minlangan 28 ta oilaga 14 million 870 ming so‘mlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj 32 ta oilaga 10 million 116 ming so‘mlik, nogironligi bo‘lgan 130 nafar fuqaroga 8 million 177 ming so‘mlik, yakka yolg‘iz 1 nafar keksaga 500 ming so‘mlik, tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan oilaga 1 ta oilaga 1 million so‘mlik va 25 ta oilaga boshqa turdagi 2 million 500 ming so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatildi.
Tadbirda fond tomonidan ikkinchi yarim yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar belgilab olindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA