Yaponiya jahon chempionati tarixidagi shaxsiy rekordini o‘rnatdi
Shvetsiya bilan durang natija evaziga Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida ilk bor guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi.
JCH–2026 “F” guruhi uchinchi turidan o‘rin olgan Yaponiya milliy terma jamoasi va Shvetsiya milliy terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Mazkur natija evaziga Yaponiya terma jamoasi jahon chempionatlari tarixida ilk bor guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunladi.
Yaponlar uchta uchrashuvdan so‘ng 5 ochko jamg‘arib, F guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa guruh bosqichida bitta g‘alaba va ikkita durang qayd etdi.
Shvetsiya 4 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi. Guruh peshqadami Niderlandiya milliy terma jamoasi 7 ochko to‘plagan bo‘lsa, Tunis milliy terma jamoasi ochkosiz holda so‘nggi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, Yaponiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati guruh bosqichini birorta ham mag‘lubiyatsiz yakunlashga muvaffaq bo‘ldi.