Yaponiya hududida yangi orol paydo bo‘ldi
Kun chiqar tomonda avvallari ham yangi orollar paydo bo‘lgan, biroq barchasi og‘ir dengiz sharoiti tufayli bir necha oy ichida suv ostida qolgan.
Yaqinda dengiz tubidagi vulqon otilishi natijasida Yaponiya sohilida yana bir yangi orol hosil bo‘ldi.
“Asahi Shimbun” nashri yozishicha, Tokiodan 1000 kilometr janubda, Tinch okeanidagi Ogasavara orollari zanjiridagi bu joy 1 noyabr kuni paydo bo‘ldi.

Yaponiya meteorologiya agentligi – JMA 21 oktyabrdan beri ushbu orolda yer silkinishi tez-tez qayd etilgani, keyin vulqon ko‘tarilgani haqida xabar bergan. Dengiz osti vulqoni krateri yaqinidagi bu yer 1986 yildan beri mintaqada hosil bo‘lgan birinchi orol hisoblanadi. Vulqon otilishi davom etyapti va rasmiylar mintaqada tutun, yirik kul konlaridan ogohlantirgan.
Joriy yil boshida o‘tkazilgan raqamli xaritalashdan so‘ng Yaponiya atrofida 7000 ga yaqin yangi orol kashf etilgani ma’lum bo‘ldi, deb yozdi “The Guardian”. Orollar mamlakat geofazoviy ma’lumotlar boshqarmasi so‘nggi 35 yil ichida o‘tkazgan ilk tadqiqotdan so‘ng topilgan. Binobarin, bu Yaponiyaning 37 ming kvadrat/kilometr hududiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.