Yangi yo‘l ochilmoqda
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan xalq bilan muloqotning yangi bosqichi bir qancha dolzarb masalalarga o‘z vaqtida yechim topilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ana shunday tashabbuslarning izchil davomi o‘laroq, Yakkasaroy tumanida ham aholiga yanada qulay muhit yaratish, harakatlanishni yengillashtirish va tirbandliklarni kamaytirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov hamda tuman mas’ullari Damariq mahallasida bo‘lib, mahalladagi Abdulla Qahhor ko‘chasi 1-berk hamda Kichik halqa yo‘li bilan tutash hududni o‘rgandi.
O‘rganishlar natijasida aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish, transport harakatini yengillashtirish va hududdagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida to‘sib qo‘yilgan devorni olib tashlab, yangi yo‘l ochish ishlari boshlab yuborildi.


Mazkur tashabbus mahalla aholisi uchun vaqt tejash, harakatlanishni qulaylashtirish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Sherbek Islomov, O‘zA