Yangi O‘zbekistonning Istiqlol mahallasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani markazida joylashgan Istiqlol mahallasi Yangi O‘zbekiston zamonida obod bo‘layotgan maskanlardan. Aholisi mehnatkash, tadbirkor, hayotni qadrlab yashaydigan odamlar.
Mahalla institutini rivojlantirilishi mazkur mahallada o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. MFYdagi “beshlik” – rais, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori hamkorlikda ishlayotgani tufayli ham ijobiy ishlar tobora ko‘paymoqda.
Ushbu ijobiy ishlar yuzasidan mahallada amaliy seminar tashkil etildi.
[gallery-11002]
Seminar ishtirokchilari tuman hokimi Ahror Mansurov, sektorlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari boshchiligida Fayzullo G‘ofurov, Marg‘uba Boyboboyeva, Muhammadjon Ashurmatov xonadonlarida tomorqadan foydalanish, qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha tajribalar kuzatildi.
623 oila istiqomat qiladigan mahallaning 5 ta ko‘chasida yashovchilar yaxshi ma’noda bir-biriga “raqib”. Mahallaning ixtisoslashuvi bog‘dorchilik, chorvachilik, xizmat ko‘rsatishdan iborat. O‘z hunarining ustalari qo‘ni-qo‘shnilarini shogirdlikka olib, ishsizlar sonini kamaytirishga hissa qo‘shyapti. Yoshlar masalasi alohida nazoratda, joriy yilning o‘tgan davrida jinoyatchilikka ham, ajrimga ham yo‘l qo‘yilmadi.
– Hamma mahallada shunday tartibda ish tashkil etilishi kerak, - deydi tuman rahbari A. Mansurov. – Imkoniyatlar yetarli, faqat aholini jalb qilish lozim. Bizning maqsadimiz ham shu – odamlar to‘q va farovon yashasin.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA