Yangi Özbekiston yoşlari yurt taqdirini belgilovçi yuksak kuçga aylandi
Muşohada
Davlat va jamiyat hayotida şunday tarixiy buriliş nuqtalari böladiki, unda qabul qilingan qarorlar va ilgari surilgan ğoyalar faqat bugungi kunni emas, balki asrlarga tatigulik istiqbolning siyosiy va mafkuraviy iqlimini belgilab beradi. Mustaqilligimizning öttiz beş yillik ayyomiga bağişlangan tantanali marosimda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan yöllangan dasturiy maʼruza aynan şunday tarixiy manifest maqomiga ega böldi.
Uşbu nutqda davlatning yoşlarga oid siyosatidagi eng muhim konseptual va falsafiy yondaşuv oçib berildi. Yaʼni, bugun davlat yoşlarga kelajakning tayyor isteʼmolçisi sifatida emas, balki uşbu kelajakni öz qöli bilan yaratuvçi siyosiy va ijtimoiy subʼekt sifatida qaramoqda. Zero, yoşlarga çeksiz işonç bildirgan davlat ularga faqat imkoniyat va vazifa berib qolmay, eng avvalo, yuksak masʼuliyat ham yuklaydi.

Eng muhimi, uşbu avlod mustaqillikni şunçaki tayyor meros sifatida qabul qilibgina qolmay, uni yangi mazmun-mohiyat bilan boyitiş masʼuliyatini ham öz zimmasiga olmoqda. Bugun ular erişayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar faqat şaxsiy muvaffaqiyat emas, balki umummilliy ğururimiz timsolidir. Zero, mustaqillikni asraşning eng işonçli qalʼasi faqat sarhadlarda emas, avvalo, avlodlar tafakkurida barpo etiladi. Zero, yoş avlod bilimli bölsa – davlatning poydevori mustahkam, u mustaqil fikrlay olsa – jamiyatning maʼnaviy immuniteti yengilmas böladi.
Davlatimiz rahbari öz maʼruzasida milliy taraqqiyot va xavfsizlikning eng boş omilini umummilliy birlikda körar ekan, uşbu birlikning yadrosi, harakatlantiruvçi kuçi va boş drayveri sifatida aynan Yangi Özbekiston yoşlarini maydonga olib çiqdi.
Jahon tajribasiga nazar taşlasak, yoşlar salohiyatidan oqilona foydalana olgan Janubiy Koreya, Singapur va Xitoy kabi mamlakatlar atigi bir avlod umri davomida iqtisodiy va texnologik yuksalişga erişa olganiga guvoh bölamiz. Bugun Özbekiston demografik jihatdan noyob tarixiy imkoniyatga ega. Aholimizning yoş tarkibi şunçaki ijtimoiy körsatkiç emas, balki strategik geosiyosiy ustunlikdir. Prezident maʼruzasida teran taʼkidlanganidek, bunday yirik demografik salohiyatni töğri yönaltiriş zarur. Tarixdan maʼlumki, xomaşyo yoki tabiiy boyliklarga suyangan davlatlar vaqtinçalik rivojlanişi mumkin, ammo faqat inson kapitaliga, ilm-fan va intellektual salohiyatga sarmoya kiritgan millatlargina çinakam suveren va yengilmas kuçga aylanadi
Tarixan ikkinçi marta Şarq uyğoniş davrining markazi bölgan zaminimiz bugun uçinçi bor, raqamli bilim, sunʼiy intellekt va innovatsion tafakkur asosida jahon ilm-fani xaritasida öz örnini qaytadan egallamoqda. Bu jarayonning boş qahramoni esa kitob ustida tunni tongga ulayotgan, laboratoriya va startap markazlarida yangi ğoyalar ustida boş qotirayotgan bugungi yoşlardir!
Prezident maʼruzasida alohida urğu berilgan yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş dasturlari, imtiyozli kreditlar va soliq yengilliklari, şunçaki iqtisodiy çora emas, balki çuqur siyosiy maʼnoga ega qadamdir.
Yoşlar endi davlat ğamxörligining oddiy obʼekti emas, balki milliy xavfsizlik tizimining faol subʼektiga aylandi. “Mahalla yettiligi” tizimi orqali eng çekka qişloqdagi yigit-qizning iqtidorini kaşf etiş va uni qöllab-quvvatlaş mexanizmi esa siyosiy tizimning xalqçilligi va ijtimoiy davlat tamoyillarining amaliy ifodasidir. Bu tizim orqali davlat va fuqaro örtasidagi masofa qisqarib, byurokratik tösiqlar örnini bevosita muloqot va işonç egalladi. Özbek yoşlari bugun jahonning eng nufuzli minbarlarida, xalqaro AKT olimpiadalarida, ilm-fan va sport arenalarida Vatan bayroğini baland kötarayotgani tasodif emas.
Mamlakatimiz rahbari nutqida takror-takror urğu berganidek, oila milliy tarbiyaning birlamçi va eng muqaddas böğini, mahalla esa jamiyatning tabiiy, tarixan sinalgan ijtimoiy nazorat va qöllab-quvvatlaş institutidir. Aynan oila, mahalla va davlatning uç tomonlama hamkorligi natijasidagina mustahkam, milliy qadriyatlarga sodiq va ayni paytda zamonaviy dunyoqaraşga ega avlod şakllanişi mumkin. Bu uyğunlik buzilgan joyda yot mafkuralar, internet orqali tarqalayotgan zararli oqimlar va begona qadriyatlar yoş qalblarni osongina egallab oladi. Şuning uçun ham davlat rahbari taʼkidlagan “maʼnaviy immunitet” tuşunçasi faqatgina jarangdor ibora emas, balki milliy xavfsizlik doktrinasining tarkibiy qismidir.
Zamonaviy geosiyosat şuni körsatadiki, millatning kelajagi uçun eng xatarli maydon bugun qurolli mojarolar emas, balki yoş avlod dunyoqaraşi uçun keçayotgan noayon mafkuraviy kuraş maydonidir.
Prezident öz nutqida yoşlarimizni nafaqat kelajakning vorislari, balki bugungi şiddatli islohotlarning teng huquqli hammualliflari va faol ijroçilari sifatida eʼtirof etdi. Bu esa yoşlar zimmasiga ulkan siyosiy masʼuliyat yuklaş bilan birga ularga tarixda öz örnini topiş imkonini beradi. Loqaydlik va beparvolikka qarşi eng kuçli qalqon, yoşlarda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyğusini şakllantirişdir, çunki daxldorlik tuyğusisiz heç qanday islohot poydevor topa olmaydi.
Bugungi axborot asrida yoşlar ongini egallaş uçun kuraş çegara bilmaydi. Turli yot oqimlar, destruktiv mafkuralar va soxta “ozodlik” ğoyalari ostida yaşiringan zararli taʼsirlar aynan yoş, tajribasiz qalblarni nişonga oladi. Davlatimiz rahbari maʼruzasida bu xavfga qarşi eng işonçli vosita sifatida milliy ğoya, tarixiy xotira va diniy-maʼrifiy savodxonlikni körsatdi.
Yagona oliy maqsad bitta – ozod va obod, qudratli Vatan barpo etiş ğoyasi atrofida jipslaşgan özbek yoşlari bugun har qanday mafkuraviy xurujlarga va yot ğoyalarga qarşi milliy immunitetga ega böldi. Zero, ilm-fanni mukammal egallagan navqiron avlod bor ekan, Özbekistonning mustaqillik poydevori mustahkam, istiqboli esa abadiydir.
Mahfuzaxon YÖLDOŞEVA,
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
dotsenti, siyosiy fanlar böyiça
falsafa doktori.
ÖzA