Yangi O‘zbekiston yoshlari O`zLiDeP bilan birga
O`zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi tomonidan Sirdaryo tumani Malik qo‘rg‘oni N-harbiy qismda “Yangi O‘zbekiston yoshlari – O`zLiDeP bilan birgalikda kuchmiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda O`zLiDeP Sirdaryo viloyati va Sirdaryo tuman Kengashlari, Yoshlar ishlari agentligi Sayxunobod tuman bo‘limi, N-harbiy qism askarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Qurolli kuchlar tizimida qilinayotgan o‘zgarishlar va hozirgi kunda O‘zbekistonda kechayotgan siyosiy jarayonlar, oldimizda turgan Prezidentlik saylovi xususida so‘z bordi.

Harbiy qism tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Yakunda tadbirda faol ishtirok etgan harbiy qism askarlariga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuhrat Suyarov, O‘zA